Arkstone Security yana bir bor o’zining yuqori darajadagi tajribasini tasdiqladi!

Arkstone Security kiberxavfsizlik sohasida global yetakchi bo’lgan Checkpoint Software Technologies bilan Professional Hamkor maqomini muvaffaqiyatli tasdiqlaganini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Bu maqom nafaqat ishonch belgisi, balki sifatni oshirish, jamoamizning tajribasi va eng yaxshi axborot xavfsizligi yechimlariga sodiqligimiz natijasidir.

Biz Checkpointga hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va bizni yanada ko’proq qo’shma yutuqlar kutayotganiga aminmiz!