A10 Networks

A10 Networks — tarmoq infratuzilmasi va ilovalar xavfsizligi, mavjudligi hamda yuqori unumdorligini ta’minlovchi yechimlarning jahon yetkazib beruvchisi. Kompaniya yuklamani muvozanatlash (ADC), DDoS-hujumlardan himoya qilish, ilovalar va API xavfsizligi, shuningdek, gibrid va bulutli muhitlar uchun yechimlarga ixtisoslashgan.

A10 yechimlari tashkilotlarga muhim ahamiyatga ega xizmatlarning ishonchli faoliyatini ta’minlash, kiberxavfsizlik darajasini oshirish va IT-infratuzilma unumdorligini optimallashtirishga yordam beradi. Kompaniya mahsulotlari korporativ sektorda, telekommunikatsiyalarda, davlat tashkilotlarida va dunyo bo‘ylab yirik maʼlumot markazlarida keng qo‘llaniladi.